MChJ «ARZON LOGISTICS»
Eng yirik universal transport logistika xoldingi
uz/eng/rus
ARZON LOGISTICS O'zbekiston Respublikasi hududida yuk va uskunalarlarni yetkazib berishni amalga oshiradi. Yuklash-montajli ishlar uchun mo'ljallangan maxsus uskunalar mavjud. Avto yuk tashishlar sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ko'p yillar davomida O'zbekiston hududida ishonchli yuk tashuvchi bo'lib, o'z zimmamizga olgan majburiyatlarni bajarib, har doim hamkor va mijozlarning talablarini qondirib kelmoqdamiz. Xitoy, Yevropa va Lotin Amerikasidan xom ashyo yetkazib berish yo'nalishini faol rivojlantirmoqdamiz.

Biz dekorativ kosmetika, maishiy kimyo, iste'mol tovarlari uchun xomashyo va qadoqlarni yetkazib beramiz.

Uzoq muddatli ish jarayonida optimal yuk tashish sxemalari yo'lga qo'yilgan, bu bizning mijozlarimizga raqobatbardosh tariflarni, tezkor yetkazib berish muddatlarini, ehtiyojlari va vazifalariga moslashuvchan yondashuvni olish imkonini berdi.

Biz ko'rsatayotgan xizmatlarimiz sifatiga katta e'tibor qaratmoqdamiz. Xizmat ko'rsatish va mas'uliyatning yuqori darajasi — bu uzoq muddatli va o'zaro manfaatli munosabatlarning asosidir.
Bizning maqsadimiz — siz va biznesingiz uchun ishonchli hamkor bo'lish.
Xolding faoliyati transport logistikasi bilan chegaralanmagan. 2008 yildan 2013 yilgacha bo'lgan davrda, ARZON LOGISTICS mobil aloqa, internet, telefoniya va boshqa to'lovlarni amalga oshirish uchun vending apparatlarini o'rnatib, Arzon payments to'lov tizimi bo'yicha xizmatlar ko'rsatgan.

2008 yildan buyon, kompaniya konsalting xizmatlarini ko'rsatishga ixtisoslashgan. Biz biznes uchun va mijoz bilan birgalikda individual tartibda ishlab chiqilgan tayyor echimlarni taklif qilamiz. Xizmat ko'rsatish jarayoni barcha asosiy bosqichlarni o'z ichiga oladi – kompaniyaning holatini tashxislash va echimlarni yaratish bosqichidan bajarilgan vazifalar samaradorligini baholashga qadar.

2019 yildan beri kompaniya Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Polshaning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilaridan Yevropa santexnikasini olib kelib, o'z salonini ochdi.

2019 yildan beri kompaniya mahalliy bozorda mashinalar avtomatik turar joyini, shu jumladan yetkazib berish va tizimlarni o'rnatishni taqdim etadi. Biz ekologikligi, ishonchliligi va xavfsizligi bilan ajralib turadigan sifatli uskunalarni taklif etamiz.

2019 yildan boshlab, ARZON LOGISTICS avtomatlashtirilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni aniqlash markaziga jo'natish uchun, dalillar bazasini to'plash maqsadida transport vositalari tomonidan yo'l harakati qoidalarini buzish holatlarini kechayu kunduz ro'yxatga olish, ularning davlat ro'yxatdan o'tgan belgilarini aniqlash, YHQ buzilishlarini avtomatik aniqlash tizimlarini o'rnatish bo'yicha xizmatlarni taqdim etmoqda.
2019 yildan beri kompaniya keng ko'lamli kosmetika mahsulotlarini shartnoma asosida ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan.

Bizning ishlab chiqarish imkoniyatlarimiz texnologik jihatdan murakkab mahsulotlarni ishlab chiqara oladi, shunigdek har qanday qadoq turi bilan ishlash imkonini beradi. Umumiy quvvatimiz — kuniga 300 000 birlikdan ortiq mahsulot.

O'z ilmiy-texnik laboratoriyasi, ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida mahsulotlarni ko'p qirrali va ko'p faktorli nazoratini ta'minlaydi.

Bizning hamkorlarimiz
Bizning jamoa
Sharipov Doniyor
Direktor
Paskina Yuliya
Bosh buxgalter
Nikitina Galina
Shartnoma va logistika bo'limi boshlig'i
Tursunov Rovshan
Bosh texnik mutaxassis
Savollar bormi?
So'rov qoldiring va mutaxassislarimiz siz bilan bog'lanishadi
Ismi
Elektron pochta
Telefon raqami
Tugmani bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlar shartlariga rozilik bildirasiz
info@ap.uz
+998909436777
MChJ «ARZON LOGISTICS»
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Afrosiyob ko'chasi, 12 А
IFTUT: 49410
STIR: 301 317 798
h/r 2020 8000 6048 0132 4001
i/hr 20208840904801324001
MOF XATB «ORIENT FINANS»
100070, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, kichik Beshegoch ko'chasi, 50
Bank kodi: 01110
SWIFT: ORFBUZ22ООО «ARZON LOGISTICS»